Jarqo’rg’on tuman 1-son texnikumida korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’lim amaliyoti keng yo’lga qo’yilgan. Talabalar haftaning belgilangan kunlarida ishlab chiqarish korxonalarida to’g’ridan-to’g’ri amaliy ko’nikmalarni egallamoqdalar.
Ushbu tizim bitiruvchilarning ishga joylashish ko’rsatkichini 100% ga yetkazishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.