Jarqo'rg'on tuman 1-son politexnika texnikumi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining professional ta'lim tizimini rivojlantirish to'g'risidagi farmon va qarorlariga muvofiq, zamonaviy standartlar asosida faoliyat yuritadi. Asosiy maqsadimiz — tuman va viloyat iqtisodiyoti uchun amaliy bilim va ko'nikmaga ega raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Texnikumda barcha zarur sharoitlar yaratilgan: qulay yorug' o'quv xonalari, kompyuter sinflari, interaktiv doskalar, boy kitob fondiga ega Axborot-resurs markazi, sport majmuasi hamda talabalar turar joyi mavjud. Amaliy mashg'ulotlar to'liq jihozlangan o'quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amalga oshiriladi.