📞 +998 76 412-18-20 ✉ info@jarqorgon1-sontexnikum.uz

Ko’p beriladigan savollar (FAQ)

Abituriyentlar va ota-onalardan eng ko’p tushadigan savollar

1. Texnikum diplomi bilan oliy ta’lim muassasasiga kirish mumkinmi?

Ha, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o’z sohasiga mos oliy ta’lim yo’nalishlariga 2-kursdan boshlab suhbat asosida o’qishga qabul qilinish huquqiga ega.

2. O’quvchilarga stipendiya to’lanadimi?

Davlat granti asosida tahsil olayotgan o’quvchilarga har oy belgilangan tartibda bazaviy stipendiya to’lab beriladi. Shuningdek, namunali va a’lochi o’quvchilar uchun qo’shimcha rag’batlantirish mavjud.

3. Yotoqxona bilan ta’minlanadimi?

Uzoq hududlardan kelgan o’g’il va qiz bolalar uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy talabalar turar joyi mavjud.

4. Dual ta’limda qanday qilib oylik olinadi?

Dual ta’lim o’quvchilari korxona bilan mehnat shartnomasi tuzadilar va bajargan amaliy ishlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda oylik ish haqi oladilar.

5. Kontrakt to’lovini bo’lib to’lash mumkinmi?

Ha, to’lov-shartnoma summasi o’quv yili davomida 4 qismga bo’lib to’lanishi mumkin.