Axborot-resurs markazi va raqamli fond
Kutubxonamiz fondida 25 000 dan ortiq bosma va elektron adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari hamda xalqaro ilmiy jurnallar mavjud.
Foydali resurslar to’plami
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi elektron resurslar bazasi;
- Umumta’lim fanlari bo’yicha elektron darsliklar va metodik qo’llanmalar;
- Maxsus kasbiy yo’nalishlar bo’yicha interaktiv audio va video darslar;
- Xorijiy ilmiy ma’lumotlar bazalariga (EBSCO, Scopus) bepul kirish imkoniyati.
O’quv zali har kuni soat 08:30 dan 18:00 gacha faoliyat ko’rsatadi. Tezkor Wi-Fi va planshetlar bilan ta’minlangan.